Sport

Xarbin shahrida IX qishki Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi

Xarbin shahrida IX qishki Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi

Bugun Xitoyning Xarbin shahrida IX qishki Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu bahslarda O‘zbekiston 6 ta sport turida 24 nafar atlet bilan qatnashadi. Marosimga delegatsiyani chang‘i alpinizmi bo‘yicha terma jamoa a’zolari Jasur Shamsiddinov hamda Feruza Boboqulova bayroqdor sifatida boshlab chiqadi.

Bugundan o‘zbekistonlik sportchilarning Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroki ham boshlandi.

Ma’lumot uchun: Short-trek bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Daniil Yeybog Xarbin-2025 qishki Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini boshladi. 1500 metr masofaga kechgan poyganing chorak finalida qatnashgan yurtdoshimiz 2:30:60 daqiqalik natija bilan yarim finalga chiqdi.