Sport

Abduqodir Husanov bugun asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin

Abduqodir Husanov bugun asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin

Bugun, 8-fevral kuni “Manchester Siti” Angliya kubogining 4-tur o‘yinlari doirasida mehmonda “Leyton Oriyent”ga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 17:15 start oladi, unda o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda o‘ynashi mumkin.

O‘yin oldidan bir qancha nashrlar taxminiy tarkiblarni e’lon qildi. Ular orasida eng mashhurlaridan biri “Sofascore” uchrashuv oldidan taxminiy tarkibni namoyish etdi.

“Manchester Siti”: Ederson, Lyuis, Husanov, Akanji, Gvardiol, Nunes, Kovachich, Marmush, De Bryuyne, Savino, Doku.

Eslatma; ushbu o‘yindan keyin Gvardiola shogirdlarini Chempionlar ligasida pley-off bosqichida “Real”ga qarshi bahs kutib turibdi. Uchrashuv Toshkent vaqti 12 fevralga o‘tar kechasi “Etihad” stadionida start oladi.