Jamiyat

Milliy gvardiyaning vakolatlari kengaytirildi

Milliy gvardiyaning vakolatlari kengaytirildi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Huquqiy axborot telegram kanali xabar berdi.

Qonunga ko‘ra, Milliy gvardiyaning Bolalar bilan ishlash boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari harbiy xizmatchilari va xodimlarining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga doir vakolatlari belgilandi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.