«Yashil oila» maqomini olganlar orasida14 ta elektromobil uchun tanlovlar o‘tkaziladi. Ushbu tartib prezidentning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmonida belgilandi.
Farmonda shuningdek, quyidagi o‘zgarish va tartiblar keltirib o‘tilgan:
— “Yashil oila” maqomi va elektromobillar: Oilaning barcha voyaga yetgan a’zolari “Ekofaol fuqaro” maqomini olsa, “Yashil oila” maqomini oladi. Bu oilalar orasida ochiq tanlov orqali har yili 14 ta elektromobil uchun tanlov o‘tkaziladi!
— AI-80 benzini cheklanadi: 2025-yil oxiriga qadar sifatli va ekologik toza yoqilg‘iga o‘tish rejalashtirilgan. Shu sababli AI-80 yoqilg‘isini sotish va ishlatish cheklanadi.
— Zararli ishlab chiqarish loyihalari taqiqlanadi: 2025-yil 1-maydan boshlab Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida quyidagi faoliyatlar man etiladi:
— Asbest, sement ishlab chiqarish
— Parrandachilik va terini qayta ishlash zavodlari
— Ko‘mir yoquvchi, samaradorligi past bo‘lgan inshootlar
— Chiqindilarni yoqish va zaharli moddalar ishlab chiqarish
— G‘isht ishlab chiqarishda soliqlar oshiriladi: 2026-yil 1-yanvardan g‘isht ishlab chiqarishda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq 2 baravar oshiriladi va 2027-yildan yana bosqichma-bosqich ko‘tariladi.
— Hujjatlar elektron shaklga o‘tadi: 2025-yil 1-oktyabrdan davlat xizmatlarida qog‘oz hujjatlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!