Agar Donald Tramp Yevropa ittifoqidan keladigan tovarlarga boj joriy qilsa, Yevrokomissiya tezda javob qaytara oladi, deb Germaniya kansleri Olaf Shols ma’lum qildi.
“Men qarama-qarshilikdan ko‘ra ko‘proq hamkorlikka umid qilaman… Ammo agar Qo‘shma Shtatlar shunday qadamlar qo‘ysa (bojlar joriy qilsa), Yevropa Komissiyasi bir necha soat ichida javob bera oladi”, dedi Shols.
Kansler eksportga yo‘naltirilgan sanoati rivojlangan mamlakat sifatida globallashuv Germaniya uchun foydali ekanligini va bu holat saqlanib qolishi zarurligini qayd etdi.
Uning fikricha, Yevropa ittifoqi birlashishi va o‘z kuchini namoyish qilishi, shu orqali harakat qilish qobiliyatini namoyon etishi kerak.
Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Bryussel Vashingtonga “dahshatli” munosabatda bo‘lgani uchun YIdan tovarlarga import bojlari joriy etishini aytgan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!