O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) va Ichki ishlar vazirligi (IIV) tomonidan 2025-yil 5–7-fevral kunlari mamlakat bo‘ylab «Oriyat» va «Qoradori» nomli keng ko‘lamli tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Ushbu tadbirlar davomida saunalar, SPA-salonlar, massajxonalar, karaoke-barlar, mehmonxonalar, xostellar, tungi klublar va boshqa jamoat joylari tekshirilib, axloq va sog‘liqqa qarshi qaratilgan jinoyatlarni aniqlash hamda OIV (OITS) va boshqa yuqumli kasalliklarning tarqalishini oldini olish maqsad qilingan.
Tadbirlar doirasida jami 340 ta obyekt tekshirilib, 2 957 nafar shaxs bilan tushuntirish ishlari olib borildi va ular mobil tarzda shifokor ko‘rigidan o‘tkazilib, tegishli tibbiy xulosalar olindi.
Bunday tadbirlar jamoat xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning sog‘lig‘ini himoya qilish va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!