Jamiyat

Alisher Qodirov Energetika vazirligini tanqid qildi

Alisher Qodirov Energetika vazirligini tanqid qildi

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va fraksiyasining rahbari Alisher Qodirov Energetika vazirligiga o‘z jiddiy e’tirozini bildirdi. U bu haqda bugun «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida so‘z ochgan.

Partiya matbuot kotibi ta»kidlashicha, bugun jamiyatda energetika bilan bog‘liq e’tiroz va tushunmovchiliklar shunchalik ko‘payib ketganki, ijtimoiy tarmoq orqali sohani tushungan ham, tushunmagan ham tanqid qilmoqda. Buning asosiy sababi esa Energetika vazirligining targ‘ibot ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymagani bilan bog‘liq.

«Bugun elektr energiyaning 75 foizi gazni yoqish orqali ishlab chiqarilayotgani, tarmoqdagi muammolar, «yashil energetika»ni rivojlantirish borasidagi ishlar, loyihalar ko‘lami haqida odamlarga kim ma’lumot beradi?” deydi Alisher Qodirov.