Jahon

AQSH da 9 fevral “Ko‘rfaz kuni” deb e’lon qilindi

AQSH da 9 fevral “Ko‘rfaz kuni” deb e’lon qilindi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Air Force One bortida Meksika ko‘rfazi uzra parvozi chog‘ida 9 fevralni “Ko‘rfaz kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

“Tramp hukumat amaldorlari va barcha amerikaliklarni ushbu sanani tegishli tadbirlar va marosimlar bilan nishonlashga chaqirdi”, deyiladi Oq uy bayonotida.

Ta’kidlash joiz, Tramp lavozimiga kirishishining ilk kunidayoq Meksika ko‘rfazining nomini “Amerika ko‘rfazi” deb o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi. Hujjatda aytilishicha, Prezident shu yo‘l bilan «hukumatga sog‘lom fikrni kiritmoqda va Amerika sivilizatsiyasi asoslarini yangilamoqda».
Google yangilangan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, servis xaritalarida ko‘rfazning yangi nomi aks etishi, Alyaskadagi Denali tog‘ining nomi esa “MakKinli” deb o‘zgartirilganini aytdi.

Google bayonotida aniqlik kiritilishicha, Qo‘shma Shtatlardagi foydalanuvchilar «Amerika ko‘rfazi» nomini ko‘radi, mamlakat tashqarisida esa ikkala versiya ham xaritalarda paydo bo‘ladi.