AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Ukraina mojarosini hal etish masalasida telefon orqali gaplashganini “New York Post” nashriga bergan intervyusida qayd etib o’tdi. Shuningdek, Ameriha prezidenti, shuningdek, jangovar harakatlarni tez orada to‘xtatishga umid qilishini bildirgan.
“Men yaxshisi jim turaman”, dedi Donald Tramp Rossiya Prezidenti bilan necha marta muloqot qilgani haqidagi savolga javoban.
Donald Trampga ko‘ra, Vladimir Putin odamlar o‘lishdan to‘xtashini istaydi. Shuningdek, AQSH Prezidentining ta’kidlashicha, u mojaroni to‘xtatish bo‘yicha aniq rejalarga ega.
“Umid qilamanki, bu tez hal bo‘ladi. Har kuni odamlar halok bo‘lmoqda. Men bu la’nati narsaga yakun yasashni istayman”, deydi Donald Tramp.
AQSH prezidenti, shuningdek, milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Mayk Uolsga uchrashuv tashkil qilish haqida topshiriq bergan. Bundan tashqari Tramp Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan nodir metallar va gazga oid 500 million dollarlik bitim tuzish niyati borligini aytgan. Unga ko‘ra, AQSH bunga javoban har qanday potensial tinchlik bitimi doirasida Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishga tayyorligini bildirgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!