Jamiyat

Endi o‘zbek tili fani o‘qituvchilariga ham ustama to’lanadi

Endi o‘zbek tili fani o‘qituvchilariga ham ustama to’lanadi

Maktablardagi oʻzbek tili (davlat tili) fani oʻqituvchilariga ham ustama toʻlab beriladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova oʻz Telegram sahifasida xabar qildi.

Vazirning aytishicha, 2025-yil 1-fevraldan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻzbek tili (davlat tili) fani boʻyicha dars beruvchi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi oʻzbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.

Maʼlumot uchun, mazkur yangilik Prezident tomonidan qabul qilingan “Oʻzbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilab qoʻyilgan.