Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani “Yangi ariq” mahallasida yashovchi Tohir Xoʻjamurodov Umra safari uchun yigʻib qoʻygan pullarini boshqa bir savobli ishga yo‘naltirdi. Bu haqda Mirishkor tuman xokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
U ziyorat uchun atalgan pulga 10 bosh buzoq olib, boquvchisini yoʻqotgan va nogironligi boʻlgan 10 ta oilaga taqsimlab berdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!