Milliy tashuvchilar bildirgan takliflarini inobatga olinib, ayrim davlatlarning xorijiy ruxsatnoma blankalarini berishda yangi tartib joriy etildi, deb Transport vazirligi xabar berdi.
Yangi tartibga ko‘ra, Rossiya ruxsatnomalari – xalqaro tovar-transport yuk xati (CMR) asosida, Ozarbayjon ikki tomonlama ruxsatnomalari – eksport deklaratsiyasi asosida amalga oshiriladi.
Polsha ikki tomonlama/tranzit ruxsatnomalari – yo‘nalish bo‘yicha ruxsatnoma blankalari mavjud bo‘lganda eksport deklaratsiyasi, u yerdan qaytish bo‘yicha xalqaro tovar-transport yuk xati (CMR) asosida arizaga biriktirgan holda;
Polsha universal ruxsatnomalari – yo‘nalish bo‘yicha ruxsatnoma blankalari mavjud bo‘lganda, xalqaro tovar-transport yuk xati (CMR) asosida beriladi;
Bundan tashqari barcha davlat ruxsatnomalari asl nusxasini vazirlikka topshirish amaliyotidan voz kechildi
Rossiya, Ozarbayjon, Xitoy, Polsha, Litva, Estoniya, Vengriya, Slovakiya, Italiya, Germaniya davlatlari ruxsatnomalaridan tashqari barcha davlat ruxsatnomalari asl nusxasini vazirlikka topshirish amaliyotidan voz kechildi va ularning elektron nusxasini “Е-avto ruxsatnoma” AATga yuklagan holda foydalanilganligi bo‘yicha tizimdan chiqariladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!