Jahon

Yaponiyaning davlat qarzi rekord natija 1300 trillion iyenadan oshgan

Yaponiyaning davlat qarzi rekord natija 1300 trillion iyenadan oshgan

Yaponiyaning davlat qarzi mamlakat tarixidagi eng yuqori darajaga yetdi va 1300 trillion iyenadan oshdi, deb mamlakat Moliya vazirligi xabar berdi.

Bayonotda aytilishicha, 2024 yil oxiriga kelib, davlat qarzi 1317,64 trillion iyenaga (taxminan 8,7 trillion dollar) o‘sgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 31,8 trillionga (205 milliard dollardan ortiq) ko‘p degani.

Yaponiya Moliya vazirligiga ko‘ra, mamlakatning davlat qarzi uning yalpi ichki mahsulotidan ikki baravar ko‘proqqa oshgan. Shu bilan birga, joriy yilda (2024 yil aprelidan 2025 yil martigacha) Yaponiya byudjeti taqchilligi 34,95 trillion iyenani (230 milliard dollar) tashkil etgan.

“Kyodo” nashrining qayd etishicha, Yaponiyaning amaldagi hukumati qarzni qisqartirishi dargumon, chunki u davlat byudjetini tasdiqlovchi parlament quyi palatasida ko‘pchilikka ega emas. Qayd etilishicha, hukumat soliqlarni kamaytirish va xarajatlarni, xususan, ta’limga xarajatlarni oshirishni talab qilayotgan muxolifat bosimi ostida.