Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun Kuala-Lumpurga rasmiy tashrifi chog‘ida Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimga TOGG markali zamonaviy turk elektromobilini sovg‘a qildi, deb xabar berdi “Anadolu” agentligi.
Turkiya prezidenti Togg’ni topshirish marosimida ishtirok etgan Malayziya va Turkiya bayroqlarini ko‘targan bolalarga ham e’tibor qaratgan va ular bilan ham suratga tushgan.
Ta’kidlanishicha, uchrashuv Ibrohimning Kuala-Lumpurdagi ofisida bo‘lib o‘tgan. Marosimda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan, Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayroqdor, Milliy mudofaa vaziri Yashar Guler, Sanoat va texnologiyalar vaziri Mehmet Fatih Kajir, Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Ibrohim Yumakli, Savdo vaziri O‘mer Bolat, Mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari Haluk Gergyun, Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim, Prezident ma’muriyati huzuridagi aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Fahrettin Altun va Prezidentning tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha bosh maslahatchisi Akif Chig‘atoy Qilich ham ishtirok etgan.
Ma’lumot uchun: Erdo‘g‘an ushbu avtomobildan birinchilardan bo‘lib 2023-yil aprel oyida O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Shavkat Mirziyoyev hamda Ilhom Aliyevga sovg‘a qilingan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!