Jahon

Gvatemalada avtobus ko‘prikdan quladi

Gvatemalada avtobus ko‘prikdan quladi

Gvatemalada avtobus koʻprikdan daryoga qulashi oqibatida 51 kishi halok boʻldi.

Reuters maʼlumotlariga koʻra, avtobus San-Agustin Akasaguastlan shahridan poytaxt Gvatemalaga ketayotgan boʻlgan.

Mahalliy nashrlarning yozishicha, avtobus haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, bir nechta avtomobil va koʻprikning metall panjarasiga borib urilgan, soʻng kichik daryo oqib oʻtadigan jarlikka qulagan.

Gvatemalada uch kunlik milliy motam eʼlon qilindi.