Jamiyat

Korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston 121-o‘rinda qayd etildi

Korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston 121-o‘rinda qayd etildi

Transparency International xalqaro nodavlat tashkiloti 2024-yil uchun Korrupsiyani qabul qilish indeksini e‘lon qildi.
O‘zbekiston yangi reytingda 180 ta davlat orasida 121-o‘rinni egalladi. 100 balli indeks bo‘yicha (0 — korrupsiya darajasi o‘ta yuqori, 100 — o‘ta past) O‘zbekiston 32 ball to‘pladi (bir yil avval — 33 ball). Angola, Ekvador, Keniya, Shri-Lanka va Togoda ham shuncha ball bor.

Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 2024-yil uchun indeksdagi eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib qolmoqda va 100 balldan 35 ballni tashkil etmoqda.

Mintaqada eng yaxshi natijani 53 ball bilan Gruziya, Armaniston (47 ball) va Chernogoriya (46 ball) ko‘rsatdi. Yakuniy to‘rtlikda Rossiya (22), Ozarbayjon (22), Tojikiston (19) va Turkmaniston (17) bor.

Qozog‘iston 40, Qirg‘iziston 25 ball to‘pladi.

Reytingda ketma-ket yettinchi yil Daniya yetakchilik qilmoqda, u eng yuqori ko‘rsatkichni ko‘rsatmoqda — 90 ball. Undan keyingi o‘rinlarni Finlyandiya (88 ball) va Singapur (84 ball) egallagan.

Indeksni Venesuela (10 ball), Somali (9) va Janubiy Sudan (8) yakunlaydi.