Jinoyat

Ona shirinlikni ruxsatsiz olgani uchun farzandi qo‘llarini kuydirdi

Ona shirinlikni ruxsatsiz olgani uchun farzandi qo‘llarini kuydirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Olmaliq shahrida ona uydagi shirinlikni ruxsatsiz yegan bolasining qo‘lini kuydirgani aytilgan xabarlar tarqalgani yuzasidan Bolalar ombudsmani ushbu holat nazoratga olinganini ma’lum qildi.

hodisa 2024-yilning 30-oktabr kuni sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, 34 yoshli ayol 8 yoshli o‘g‘lini uydagi shirinliklarni ruxsatsiz yegani sababli barmoqlari orasi va boshqa tana a’zolariga paxta tiqib yoqqan.

Ayol bu ishni farzandini go‘yoki jazolash maqsadida qilganini bildirgan. Oqibatda bola tanasida 1 va 2-darajadagi kuyish yuzaga kelib yengil tan jarohati olgan.

Olmaliq shahar IIB tomonidan X.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan qiynash) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Biroq ayol yashiringan va unga qidiruv e’lon qilingan.

7-fevral kuni ayol protsessual tartibda ushlanib, unga tegishli sud ajrimi asosida qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Ma’lumot uchun, sudda ayblov o‘z isbotini topsa, gumonlanuvchi 360 soatdan 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini olishi mumkin.