Sankt-Peterburg o‘zbekistonlik malakali kadrlarni ishga jalb qiladi, deb Xalqaro mehnat migratsiyasini qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi xabar berdi.
O‘zbekiston Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev boshchiligidagi delegatsiya Sankt-Peterburg vitse-gubernatori Vladimir Knyaginin bilan Sankt-Peterburg va O‘zbekiston o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib bordi.
Unda Xalqaro mehnat migratsiyasiga ko‘maklashish assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Migratsiya agentligi o‘rtasida shartnoma imzolandi. Hujjat bilan O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatiga jalb qilishda hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
“Sankt-Peterburg va O‘zbekiston o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik jadal surʼatlar bilan rivojlanmoqda! Ushbu qadam tufayli Sankt-Peterburg malakali kadrlarni jalb qila oladi va O‘zbekiston fuqarolari barqaror ish va munosib mehnat sharoitlaridan yana-da kengroq foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi!”, — deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!