Saudiya Arabistonida 2025-yilda bolalarning xavfsizligini taʼminlash, yaʼni haj ziyorati chog‘ida ularga turli zarar yetmasligi uchun bolalarni olib borishni taqiqladi. Ushbu harakat bolalarni har yili sodir bo‘ladigan kuchli olomon bilan bog‘liq turli xil xavf-xatarlardan himoya qilishga qaratilgan, deyiladi Haj va Umra vazirligi xabarida.
Ziyorat joylarida tashrif buyuruvchilar sonining ko‘pligi sababli tiqilinch holatlar yuzaga keladi. Bu esa nafaqat bolalar va yoshi kattalar salomatligiga ham taʼsir qilishi mumkinligi aytilmoqda.
Shuningdek, xabarda aytilishicha, ziyoratchilarning umumiy xavfsizligini oshirish doirasida vazirlik hojilarning muqaddas joylarda harakatlanishini muvofiqlashtirish uchun zamonaviy aqlli tizimlarni joriy etish, chodir lagerlari va piyoda yo‘llarini modernizatsiya qilish orqali infratuzilmani yaxshilash kabi yangi chora-tadbirlar majmuini ham joriy etganini ma‘lum qildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!