Jamiyat

Tadbirkorning murojaati hal etildi

Tadbirkorning murojaati hal etildi

Andijon viloyatining Andijon tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Qodirov Abdusalomning murojaati Biznes-ombudsmanning hududiy xodimlari tomonidan o‘rganilib, murojaatda keltirilgan masala ijobiy hal qilindi.

Xususan, YATT A. Qodirovning ko‘rsatilgan manzilda mavjud emasligi sababli, Soliq kodeksining 111-moddasi 4-bandiga asosan, uning bank hisob-raqami 2025-yil 4-fevral kuni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilgan. Shu bois tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan.

Bu borada tadbirkorning belgilangan manzilda faoliyat yuritishi haqidagi ma’lumotlar rasmiylashtirilib, 2025-yil 10-fevral kuni soliq organiga taqdim etildi. Shu kunning o‘zida uning bank hisob-raqamlari qayta faol holatga keltirildi.

Tadbirkor Prezidentga tadbirkorlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda qulay imkoniyatlar yaratib bergani uchun minnatdorchilik bildirdi.