Jinoyat

Jizzaxda tabiatga 435 million so‘mlik zarar yetkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Jizzaxda tabiatga 435 million so‘mlik zarar yetkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Jizzaxda fuqaro 19 tup daraxtni noqonuniy kesib tashladi, deb ma’lum qildi viloyat prokuraturasi.

Ta’kidlanishicha, 2024-yil 18-dekabr kuni fuqaro T.A. tomonidan Zarbdor tumanidagi “Keriz” qabristoni hududidan qimmatbaho (manzarali) bo‘lgan 17 tup past bo‘yli qayrag‘och va 2 tup ko‘k terak daraxtini noqonuniy kesishi oqibatida o‘simlik dunyosiga 435 mln 750 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Ushbu holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.