12 fevral kuni O‘zbekiston Harbiy sudida prezident administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasdga oid jinoyat ishi doirasida 10 nafar shaxsga nisbatan sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi.
Oliy sud matbuot xizmati maʼlum qilishicha, Shuhrat Rasulov 23 yil, Javlon Yunusov 18 yil-u 6 oy, Shohrux Ahmedov 23 yil, Ismoil Jahongirov 23 yil va Doniyor Toshxo‘jayev 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
Yana 5 nafar sudlanuvchiga qilmishiga muvofiq ravishda turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!