Jahon

OAV: Modi samolyoti portlatilmoqchi bo‘lishdi

OAV: Modi samolyoti portlatilmoqchi bo‘lishdi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modining xorijga safari chog‘ida samolyotini portlatmoqchi bo‘lishdi, deb Hindustan Times xabar berdi.

Samolyotga hujum rejalashtirilgani haqida ogohlantiruvchi qo‘ng‘iroq politsiyaga kelib tushgan. Tegishli ogohlantirish 11-fevral kuni olingan. Politsiya ma’lumotning jiddiyligini hisobga olib, boshqa agentliklarni xabardor qilgan va tergovni boshlagan.

Mumbayning Chembur tumanidan qo‘ng‘iroq qilgani aytilayotgan shaxs qo‘lga olingan. U ruhiy kasallikka chalingani aniqlangan. Xabar yolg‘on bo‘lgani haqida ma’lumot mavjud emas.

Ma’lumot uchun Modi 10-fevral kuni Fransiya va AQSHga to‘rt kunlik tashrifini boshlagan. Bugun u prezident Donald Trampning taklifiga binoan qo’shma shtatlarga keladi. Tramp prezidentlikka kirishgach, AQSHga tashrif buyurgan to‘rtinchi jahon yetakchisi Modi bo‘ladi.