Sport

O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi – Osiyo chempioni

O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi – Osiyo chempioni

Bangladeshda futbol bo‘yicha amputantlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi.

Musobaqa finalida O‘zbekiston Indoneziyaga qarshi maydonga tushdi va yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Jamoa sardori Abdujamil Shukurov het-trikka erishgan bo‘lsa, Aziz Abdurahmonov dubl qayd etdi. Yana bir gol Qudrat Xudoyqulov hisobiga yozildi. Yakuniy natija — 6:0.

Shu tariqa O‘zbekiston qitʼa chempionatidagi barcha o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozonib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.