Jamiyat

To‘rt tup daraxt kesgan 52 mln 500 ming so‘m to‘laydigan bo‘ldi

To‘rt tup daraxt kesgan 52 mln 500 ming so‘m to‘laydigan bo‘ldi

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi Toʻdakoʻl dam olish maskani hududida nazorat reyd tadbiri oʻtkazildi, deyiladi viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabarida.

Reyd tadbiri davomida Karmana tumanida yashovchi huquqbuzar O.S tomonidan Toʻdakoʻl dam olish maskani hududida ikki tup jiyda, bir tup qayragʻoch va bir tup aylant daraxtlarini hech qanday ruxsatsiz tag qismidan kesib tashlanganligi aniqlandi.

Mazkur holat boʻyicha huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 9 mln 375 ming soʻm jarima hamda 43 mln 125 ming soʻm tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi.