Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Shovot tumanida profilaktika inspektori begona ayolning uyida qo‘lga tushgani haqida xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi quyidagilarni ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, ayolning eri Rossiyada bo‘lgan. Xodim (katta leytenant) tumanning «Idaliqal’a» mahallasida inspektor bo‘lgan. IIB xodimi ayolning xonadoniga bir necha marotaba kelgan. Inspektor joriy yilning 31-yanvar kuni tunda ayolning uyida bo‘lgan vaqtida uning eriga yaqin qarindoshlar tomonidan ushlangan.
Voqea joyiga tuman IIB mas’ullari chaqirilgan. Chaqiruv bo‘yicha kelgan IIB mas’ullari holatga oydinlik kiritish maqsadida profilaktika inspektori hamda guvohlarni IIB binosiga olib ketgan.
Ayni paytda ichki ishlar organi xodimi sha’niga putur yetkazuvchi harakatlari uchun xodimni ichki ishlar organlari safidan bo‘shatish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!