Jahon

Zelenskiy Kursk viloyatidagi hududlarni almashtirish taklifini tan oldi

Zelenskiy Kursk viloyatidagi hududlarni almashtirish taklifini tan oldi

Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar olib borilgan taqdirda Moskvaga Ukraina Qurolli kuchlari nazoratidagi Kursk viloyatidagi hududlarni Federatsiya armiyasi nazorati ostidagi Ukraina yerlariga almashtirishni taklif qilishini tan oldi, deyiladi Zelenskiy Britaniyaning “The Guardian” nashriga bergan intervyusida.

“Biz bir hududni boshqasiga almashtiramiz”, deydi Ukraina prezidenti.

Zelenskiy Kiyev Kursk viloyatining bir qismi o‘rniga Rossiya tomonidan bosib olingan hududning qaysi qismini so‘rashini hozircha bilmasligini bildirgan.

“Bilmayman, ko‘ramiz. Ammo bizning barcha hududlarimiz muhim, bu yerda ustuvorlik yo‘q”, deb ta‘kidladi Ukraina Prezidenti.

Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralarga tayyor ekanini, biroq o‘z mamlakati kuchli pozitsiyadan turib harakat qilishini istashini ta‘kidlagan.

Bundan tashqari, Prezident amerikalik kompaniyalarga Ukrainani tiklash bo‘yicha shartnomalar va investitsiyalarni rag‘batlantirishga tayyorligini bildirgan. Zelenskiyga ko‘ra, urushni tugatish uchun Kiyev nafaqat Yevropadan, balki AQSHdan ham xavfsizlik kafolatlarini olishi kerak.