Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida xonadon portladi. Holat yuzasidan viloyat FVB rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 2025 yil 12-fevral kuni G‘ijduvon tumanining Guliston mahallasida sodir bo‘lgan. Hodisa joyiga viloyat FVB va G‘ijduvon tuman IIB mas’ul rahbarlari hamda 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan.
Taxminlarga ko‘ra, uyda gaz sizib chiqib to‘plangan hamda xonadon egalari chiroqni yoqishi oqibatida havo gaz aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda portlash aks etgan videolavha tarqaldi. Unda portlashdan so‘ng xonadon egalaridan biri yonayotgan holda ko‘chaga yugurib chiqqanini ko‘rish mumkin.
Portlash oqibatida yong‘in yuzaga kelmagan, jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!