Jinoyat

Issiqxonalarda 600 mln so‘mdan ortiq tabiiy gazdan foydalanish holati aniqlandi

Issiqxonalarda 600 mln so‘mdan ortiq tabiiy gazdan foydalanish holati aniqlandi

Toshkent viloyatida 2 ta issiqxona tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanib, 601,2 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ayon bo‘ldi, deb “Oʻzenergoinspeksiya” xabar berdi.

Takidlanishicha, Qibray tumani “Obod” MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar R.M. va R.T.lar oʻz xonodonlarida issiqxonalar tashkil qilib, taʼminot korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.

Mazkur qoidabuzarliklar natijasida gaz taʼminoti korxonasiga 601,2 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.

Ushbu holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.