Xitoyda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi start olganini xabar bergan edik. Ilk turda O‘zbekiston terma jamoasi Yamanni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Farhod Nishonov boshchiligidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi musobaqadagi ilk o‘yinni Yamanga qarshi o‘tkazdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 26-daqiqasida Muhammadali O‘rinboyev hisobni ochdi va bu gol o‘yin yakuniga qadar yagonaligicha qoldi.
Ma‘lumot o‘rnida, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi turnir ikkinchi turida Indoneziyaga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o‘yin 16-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!