AQSH Xalqaro jinoiy sud (XJS) bosh prokurori Karim Xonni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu qaror Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olish orderi bilan bog‘liq holda qabul qilindi.
Karim Xon 2021-yildan beri XJS bosh prokurori lavozimida ishlab kelayotgan britaniyalik yurist hisoblanadi. Sanksiyalar natijasida uning aktivlari muzlatiladi va AQSHga kirishi taqiqlanadi.
Donald Tramp XJSni «Amerikaga qarshi noqonuniy harakatlar qilish» hamda Isroilga qarshi asoslanmagan orderlar berishda aybladi. Shuningdek, XJSga qarshi moliyaviy va viza cheklovlari joriy qilindi.
Amnesty International tashkiloti bu qarorni «xalqaro adolat tizimiga hujum» deb baholadi. Ularga ko‘ra, bu Trampning Isroil hukumati tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarni qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!