Al-Kuvayt shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish‘al as-Saboh O‘zbekiston-Kuvayt keng qamrovli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildilar, deb Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Shuningdek, quyidagi hujjatlar imzolandi:
– Sanoat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Havo qatnovi to‘g‘risidagi bitimga bayonnoma;
– Mehnat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– “Aqlli” shaharlarni barpo etish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– San‘at va madaniyat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Turizm sohasida 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi;
– Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!