Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Kuvaytga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Kuvaytga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mishʼal as-Sabohning taklifiga binoan 17 fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Al-Kuvayt shahrida oliy darajadagi muzokaralar, bir qator ishbilarmonlik va madaniyat tadbirlari bo‘lib o‘tadi.