Jamiyat

Xalqaro fan olimpiadalari goliblariga 70 ming dollar beriladi

Xalqaro fan olimpiadalari goliblariga 70 ming dollar beriladi

Nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar uchun bir martalik pul mukofoti miqdori 5 karra oshirilishi haqida 14 fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan o‘tkazgan muloqotida ma‘lum qilingan edi.

Ta‘kidlanishicha, Prezident tomonidan yoshlar bilan ishlash natijadorligini yana-da oshirish, ularga yana-da keng imkoniyatlar yaratish chora-tadbirlari muhokama qilingan.

Mirziyoyev nutqi davomida nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib va sovrindor bo‘lganlar uchun bir martalik pul mukofoti miqdori 5 karra oshirilishini bildirgan.

Qolaversa, Prezident dunyoning nufuzli “top-100” oliygohlarida ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarga uy-joy uchun 10 yil muddatga 800 mln so‘mgacha foizsiz ssuda ajratilishi haqida ham qo‘shimcha qilgan.

Ma‘lumot uchun, shu davrgacha xalqaro fan olimpiadalarida sovrin qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga 187 mln so‘m berilgan. G‘oliblarga pul mukofot berish 2019 yildan yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, g‘oliblarning o‘qituvchilari ham 168 mln so‘m mukofot olib kelmoqda.