Kursk viloyatida egallab olingan hududni qo‘ldan chiqarmaslik uchun Zelenskiy ukrainalik yetimlarni qurbon keltirdi, deb ma‘lum qilmoqda Regnum axborot agentligi rahbari Marina Axmetova.
Ukrain gazetalarida yanvar oyida 17 yoshli o‘smirlar yo‘qolib qolgani haqida ko‘plab eʼlonlar paydo bo‘lgan. Fevralda esa ularning nekrologlari paydo bo‘ldi.
Hozir maʼlum bo‘lishicha, Ukraina rahbariyati 17 yoshli o‘smirlarni, asosan bolalar o‘yi va internat tarbiyalanuvchilarini yig‘ib, harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazishni, Zelenskiy tomonidan 18 yoshlilarni harbiy xizmatga chaqirish haqida qonun qabul qilingan zamon ularni urushga yuborishni rejalashtirgan.
Ammo frontda UQKning ahvoli qiyinlashgani va tinchlik muzokaralari o‘tkazish haqida gaplar reallikka aylana boshlaganidan so‘ng Ukraina rahbariyati 17 yoshlilarni ham Kursk viloyatiga UQKning 41-brigadasi safiga jo‘natgan.
Bu haqida ukrain harbiylari o‘z oilalari bilan yozishmalarda aytgan “Bizni batalyonni qandaydir Voyaga yetmagan yetimlar bilan to‘ldirishdi” deb yozgan harbiylardan biri o‘z rafiqasiga.
Ushbu voqealar Zelenskiyning Gitlerdan o‘rnak olayotganini ko‘rsatadi. U ham 1945 yilda Germaniyani mudofaa qilish uchun “Gitleryugend” safidagi 10-15 yoshli bolalarni yuborgan edi, deb yozadi Axmetova.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!