Oliygohlar bitiruvchilarini ishga joylashishiga yordamlashuvchi dastur ish boshlaydi. Bu borada “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilarining ishga joylashtirishiga ko‘maklashishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi:
- o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagi bo‘lgan oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari uchun biznes g‘oyani tayyor loyihagacha olib borish jarayonida to‘liq hamrohlik qilish, shu jumladan qulay shartlarda moliyalashtirish;
- oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi va quyi bosqich talabalari o‘rtasida sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarni ish bilan taʼminlashga ko‘maklashish.
Bunda:
- salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar, shu jumladan yirik korxonalarning oliy maʼlumotli mutaxassislarga ehtiyojini aniqlash va mutaxassislarga qo‘yiladigan talablarni shakllantirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
- tanlov g‘oliblarini salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar buyurtmasiga ko‘ra individual kasbiy taʼlim dasturlari asosida kasbga dastlabki tayyorlash tadbirlari moliyalashtiriladi;
- individual kasbiy taʼlim dasturlarida ishlab chiqarish obyektlarida amaliyot o‘tash va chet eldagi oliy taʼlim tashkilotlarida qisqa muddatli o‘quv kurslarida qatnashish imkoniyati yaratiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!