Qozog‘istonning Ulitau shahrida joylashgan “Jomart” konidagi fojia oqibatida konning yetti ishchisi halok bo‘ldi, deb konga egalik qiluvchi Kazakhmys xoldingi xabar berdi.
Aytilishicha, konda tosh qulashi sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida yetti kishi vayronalar ostida qolgan. Kabellar uzilib qolgani sababli ishchilar bilan aloqa bo‘lmagan.
Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotni tasdiqladi. Boshqarma xodimlari tomonidan favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Voqea joyiga Ulitau va Qarag‘anda viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining kuch va vositalari, jumladan, kinologlar, Tabiiy ofatlar tibbiyoti markazi xodimlari va Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi psixologlari yuborilgan.
Bugun, 18 fevral kuni tongda xolding dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Kazakhmys konlari uchun xos bo‘lmagan tabiiy gaz portlashi sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Voqea sabablari va holatlari aniqlanmoqda. Fojiani tekshirish uchun maxsus hukumat komissiyasi tuzildi.
Favqulodda xizmatlar olti ishchining jasadini topgan. Yettinchi ishchini qidirish ishlari davom etmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!