Jamiyat

MIB: Qarzdorlik sababli, fuqarolarga gaz yoki yoqilg‘i quyish shoxobchalarida xizmat ko‘rsatilmayotganligi haqidagi xabarlar asossiz

MIB: Qarzdorlik sababli, fuqarolarga gaz yoki yoqilg‘i quyish shoxobchalarida xizmat ko‘rsatilmayotganligi haqidagi xabarlar asossiz

Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan MIB bergan rasmiy munosabatida ma’lum qilindi.

Majburiy ijro burosining axborot xizmatining ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlarda avtomobillarga gaz yoki yoqilg‘i qo‘yish shoxobchalarida fuqarolarning sudlar yoki boshqa organlar hujjatlariga asosan mavjud qarzdorligi sababli, avtotransport vositalariga xizmat ko‘rsatish taqiqlangani haqidagi xabarlar asosga ega emas.

Fuqarolarning ijro ishlari haqidagi qarzdorligi haqidagi xabarlar, avvalo “SMS xabarnomalar” orqali ma’lum qilib boriladi.

Qolaversa, fuqarolarimiz yuzaga kelayotgan qarzdorliklar haqida ma’lumotlarni olish va xorijga chiqish oldidan taqiq bor yoki yo‘qligini mobil telefon orqali ham bilib borish mumkin.