Iqtisod

Omonatlarning kafolatlash miqdori 200 million so‘mgacha etib belgilandi

Omonatlarning kafolatlash miqdori 200 million so‘mgacha etib belgilandi

Jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarning banklardagi omonatlarini himoya qilishi endilikda Prezidentning kecha qabul qilgan «Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni (O‘RQ-1031-son) bilan kafolatlanadi.

Omonatlarni kafolatlash agentligi – vakolatli organ

Omonatlarning himoya qilinishini ta’minlash vazifasi Omonatlarni kafolatlash agentligiga yuklatilgan. Agentlik kafolatlash hodisasi yuzaga kelganda omonatchilarga kompensatsiya to‘lash orqali ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladi.

Kafolatlash tizimining ishtirokchilari kimlar?

• Banklar, shu jumladan mikromoliya banklari va qonunchilikka muvofiq tashkil etilgan oraliq banklar litsenziya olgan paytdan boshlab kafolatlash tizimining ishtirokchisiga aylanadi.

• Bir bankda bir omonatchiga to‘lanadigan kompensatsiya omonat qoldig‘ining to‘liq hajmini tashkil etadi, agar:

• Omonat 200 million so‘m yoki undan kam bo‘lsa, uning to‘liq summasi kafolatlanadi.

• Agar omonat 200 million so‘mdan ortiq bo‘lsa, kompensatsiya miqdori 200 million so‘m etib belgilanadi.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirdi.