Bugun Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan U-20 Osiyo kubogining 3-tur o‘yinlari doirasida O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Eronga qarshi o‘ynaydi.
“C” guruhida bahslarga kirishgan har ikki jamoa muddatidan avval pley-off masalasini hal qilib bo‘lgan. O‘zbekiston ham, Eron ham 6 ochko jamg‘arib guruhda peshqadamlik qilmoqda. Bugungi o‘yinda yutgan jamoa guruh g‘olibi sifatida chorak finalda ishtirok etadi.
Qayd etish joiz, “C” guruhi g‘olibi “D” guruhida 2-o‘rinni egallagan terma bilan, “C” guruhida 2-o‘rinni olgan jamoa esa “D” guruhida g‘olib bo‘lgan terma bilan chorak finalda to‘qnashadi. Hozirda “D” guruhida Janubiy Koreya va Yaponiya 1 va 2-o‘rinlarni egallab turibdi.
Eslatma; O‘zbekiston-Eron o‘yini Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi. Uchrashuvga Shenchjendagi Yoshlar futbol bazasi 1-maydoni mezbonlik qiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!