Jamiyat, Jinoyat

Buxoroda elektrdan 1,2 mlrd. so‘mlik noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Buxoroda elektrdan 1,2 mlrd. so‘mlik noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Maʼlum qilinishicha, ko‘p qavatli turar-joy binosidagi fuqaroga tegishli lift shartnoma tuzmasdan tarmoqqa ulangan, deyiladi “O‘zenergoinspeksiya” xabarida.

Oqibatda dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr taʼminoti korxonasiga 1 mlrd 277 mln so‘mlik zarar yetgan.

Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.