Jamiyat, Jinoyat

Buxoroda harbiy aslahalar saqlagan shaxs ushlandi

Buxoroda harbiy aslahalar saqlagan shaxs ushlandi

Buxoro viloyatida fuqaroning yashash xonadonidan 1 kilogrammga yaqin porox hamda 20 dona turli kalibrli gilzalar va maxsus pichoqlar topildi, deb viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan Peshku tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida nazorat ostiga olingan fuqaroning yashash xonadonidan silindrsimon  780 gr og‘irlikdagi  va  yelim idishga solingan 40 gr og‘irlikdagi  kukunsimon porox hamda  20 dona turli kalibrli gilzalar va maxsus pichoqlar borligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari surishtiruv ishlarini olib borilmoqda.