Rossiya tomoni Ukraina mojarosini hal qilish uchun muzokaralar stoliga qaytishga tayyorligini kecha Prezident Vladimir Putin jurnalistlarga bergan intervyusida qayd etdi.
Putin ta‘kidlashicha, Ukraina Rossiya va AQSH delegatsiyalarining Ar-Riyoddagi uchrashuvida ishtirok etmagani uchun ularning “ajralib” qolishiga asos yo‘q, chunki hech kim Kiyevni muzokaralar jarayonidan chetlashtirmayapti.
“Rossiya hech qachon Ukraina bilan muzokara jarayonidan bosh tortmagan. Bizning bu muzokaralardagi hamkorlarimiz rad etdi, yevropaliklar Rossiya bilan aloqani to‘xtatdi, Ukraina tomoni esa o‘ziga muzokaralar olib borishni taqiqlab qo‘ydi, Istanbuldagi muzokara jarayonidan chiqdi va buni to‘g‘ridan to‘g‘ri ochiq aytdi”, degan perident Putin jurnalistlarga.
Vladimir Putinning qayd etishicha, Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot chog‘ida AQSH Prezidenti muzokara jarayoni Rossiya va Ukraina ishtirokida o‘tishini ta‘kidlagan.
Rossiya yetakchisining aytishicha, u Donald Trampga qisqa vaqt ichida Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilishning iloji yo‘qligi haqida allaqachon aytgan va AQSH Prezidenti qo‘shimcha ma‘lumot olgach, bu masala bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirgan.
“Hozir muddatlar haqida gapirmaylik. Lekin bu tabiiy, bu yerda alohida narsa yo‘q. U ma‘lumot olishni boshladi, shuning uchun biroz vaqt kerak”, degan Putin.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!