Jamiyat, Siyosat

Senatning navbatdagi to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

Senatning navbatdagi to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

2025-yil 20-fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Yalpi majlisda senatorlar fuqarolarning vijdon erkinligini ta‘minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash, tadbirkorlik sub‘ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, kredit axboroti almashinuvini yana-da takomillashtirish, soliq ma‘muriyatchiligi, yer uchastkalaridan foydalanish, qurilish tartibi, donorlik harakatiga doir hamda oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonunlarni ko‘rib chiqadi.

Shuningdek, yalpi majlis kun tartibidan sud, mahkumlarning jazo o‘tashdagi huquqlari, chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish sohasi bilan bog‘liq qonunlar ham o‘rin olgan.

Bundan tashqari, to‘rtinchi yalpi majlisda bir qator xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish va ularga qo‘shilish masalalari aks etgan qonunlar ham ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala ham muhokama qilinadi.