Jamiyat

Tartibbuzar o‘quvchilar ota-onalariga ma’muriy jarima belgilandi

Tartibbuzar o‘quvchilar ota-onalariga ma’muriy jarima belgilandi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida kelishmovchilik yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Munosabatda aytilishicha, 2025-yil 8-fevral kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida joylashgan umumta’lim maktabida 8-sinf o‘quvchilari ingliz tili fani darsi vaqtida o‘quvchilar B.N. va E.S. o‘zaro tortishib turli so‘zlar bilan bir-birini haqorat qilgan. O‘qituvchi E.F. darsdan chiqib ketishini aytgan, biroq o‘quvchi o‘qituvchining talabiga bo‘ysunmasdan unga nisbatan noo‘rin so‘zlar ishlatgan.

“Ushbu holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, tegishli tartibda o‘rganish olib borildi hamda pedagog xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, maktab tartib-qoidalarini buzgan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik)ga ko‘ra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.