Jamiyat, Siyosat

O‘zbekiston fuqarolarini o‘z vatanlariga AQShdan xavfsiz deportatsiya qilishga urunmoqda

O‘zbekiston fuqarolarini o‘z vatanlariga AQShdan xavfsiz deportatsiya qilishga urunmoqda

O‘zbekiston fuqarolarining o‘z vatanlariga xavfsiz deportatsiyasini ta‘minlash maqsadida AQShning tegishli huquq-tartibot idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Amerika tomoni deportatsiya qilinadigan fuqarolarning har bir holati haqida tezkorlik bilan xabardor bo‘lish yuzasidan kelushuv olib borilmoqda. O‘rnatilgan amaliyotga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari vatanga Nyu York-Toshkent yo‘nalishi orqali qaytadi.

«OAVda O‘zbekiston fuqarolarining boshqa davlatlarga deportatsiya qilinishi mumkinligi haqidagi ma‘lumotlarni kuzatib boryapmiz», deydi matbuot kotibi. Diplomatik vakolatxonalarimiz Amerika tomonidan boshqa davlatlarga deportatsiya qilinishi mumkinligi haqida ma‘lumot berishni so‘rab murojaat qildi. Bundan tashqari, bu borada Lotin Amerikasi davlatlari bilan diplomatik kanallar orqali ham aloqalar o‘rnatilgan, deyiladi xabarda.