Jamiyat

Toshkentdan Jiddaga uchayotgan samolyot favqulodda Bahraynga qo‘ndi

Toshkentdan Jiddaga uchayotgan samolyot favqulodda Bahraynga qo‘ndi

Toshkentdan Jiddaga uchayotgan samolyot favqulodda Bahraynga qo‘ndi, deb xabar bermoqda Air Samarkand aviakompaniyasi.

Ma’lum qilinishicha, UZS4003 Toshkent—Jidda reysi bortda yuzaga kelgan favqulodda tibbiy holat sababli Bahrayn aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Parvoz davomida 75 yoshli yo‘lovchida takroriy infarkt sodir bo‘ldi.

Bosh bort kuzatuvchi Shishkina Alena boshchiligidagi bort kuzatuvchilari shifokor bilan birgalikda bortdagi tibbiy qutilar va uskunalar yordamida bemorga birinchi yordam ko‘rsatdi. Aeroportda bemor barqaror holatda tez yordam brigadasiga topshirildi.

Reys taxminan 1 soat kechikish bilan Jiddaga davom etadi.