O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kecha, 22-fevral kuni Toshkentga kelgan Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mullo Abdul G‘ani Barodar bilan muzokara o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy, energetika, transport va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. “Tolibon” delegatsiyasi bugun Toshkent shahridagi qator ishlab chiqarish obyektlari faoliyati bilan tanishishi kutilmoqda.
O‘zbekiston hukumati rahbarining matbuot xizmatiga ko‘ra, muzokaralarda o‘zaro aloqalar do‘stlik, hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga asoslangani, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bilan barcha sohalarda konstruktiv va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotgani ta’kidlangan.
Afg‘oniston delegatsiyasining tashrifi bugun, 23-fevral kuni ham davom etadi. Tashrif dasturidan Toshkent shahridagi bir qator ishlab chiqarish obyektlari faoliyati bilan tanishish ham o‘rin olgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!