O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov WBC Interim kamari uchun kechgan jangda mag‘lubiyatga uchradi. Bu uning qatarosiga ikkinchi chempionlik jangidir va u yana 12 raund to‘liq davom etdi. Hakamlar ochkolar bo‘yicha raqib g‘alabasini qayd etishdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Madrimov bir necha oy avval virusga chalingan va shundan so‘ng o‘zining optimal sport formasiga to‘liq qayta olmagan. U to‘liq tiklanmaganiga qaramay, jangni bekor qilishni istamagan va ringga chiqqan.
Bu mag‘lubiyatga qaramasdan, Isroil Madrimov o‘z muxlislariga kelajakda yana chempionlik kamari uchun kurashish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!