Hodisa

Shimoliy Orol dengizida suv sathi 42 foizga oshdi

Shimoliy Orol dengizida suv sathi 42 foizga oshdi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Orol dengizida suv sathi 42 foizga ko‘tarildi. Bunday o‘sishga 2023-yildagi faol El-Nino davri ta’sir qilgan bo‘lib, u nafaqat Amudaryo balki Sirdaryo daryosida ham suv miqdorining oshishiga olib keldi. Bu holat so‘nggi 7-8 yil ichida kuzatilgan eng yaxshi suv ta’minoti sifatida qayd etilmoqda.

Qozog‘iston hukumati Shimoliy Orolni Katta Orol dengizidan ajratib turuvchi Kokaral to‘g‘onini rekonstruksiya qilish va Sirdaryo deltasini tiklash loyihasini yakunlash arafasida. Mazkur birinchi bosqich amalga oshirilishi natijasida dengizda suv sathining ko‘tarilishi kuzatilmoqda.